O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston “Kamaz”lari taqdimoti

2018-03-28 | Texnologiyalar

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekistonda yig‘ilgan “KAMAZ” yuk avtomobillarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

“O‘zavtosanoat” hamda Rossiyaning “KAMAZ” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi, turli vazirlik va idoralar, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi U.Salimov, "KAMAZ" kompaniyasi Bosh direktori S.Kogogin, "UzAutoTrailer" MChJ Bosh direktori A.Hojiboyev va boshqalar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichda jadal rivojlanayotgani siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar mustahkamlanishida, har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalarning hayotga izchil tatbiq etilishida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda "KAMAZ" yuk avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ana shunday istiqbolli loyihalardan biri bo‘ldi. 

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi "UzAutoTrailer" MChJning ishlab chiqarish maydonida mazkur avtomobillarni ishlab chiqarish boshlandi. Ayni paytda "UzAutoTrailer" zavodida 10 dan 36 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega 11 turdagi yuk avtomobillari yig‘iladi. Mazkur avtomobillarga o‘rnatilgan dvigatellar 240 dan 401 gacha ot kuchiga ega bo‘lib, ular YeVRO 3, YeVRO 4, YeVRO 5 ekologik me’yorlarga javob beradi. 

Joriy yil birinchi choragida zavodda 100 dona yuk avtomobilining ilk partiyasi chiqarildi. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 1500 dona, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichni 3000 donaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Zavodda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillarini nafaqat ichki bozorga chiqarish, balki Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan. 

– O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga berilayotgan katta imtiyozlar ko‘plab xorijiy ishbilarmonlarni, investorlarni qiziqtirayotgani shubhasiz, – deydi S.Kogogin. – Biz hamkorligimiz yanada kengayishiga, birgalikda tashqi bozorga raqobatbardosh mahsulotlar olib chiqishimizga ishonamiz. 

Taqdimot doirasida O‘zbekistonda yig‘ilgan "KAMAZ" yuk avtomobillarining turli modellari namoyish etildi. Shuningdek, xalqaro "Dakar" ralli-marafonining 15 karra g‘olibi, "KAMAZ-Master" jamoasining afsonaviy sport yuk mashinasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 

 

Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться