O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Statistika sohasidagi o‘zgarishlar

2018-03-28 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, statistika axborotlarini yig‘ish, to‘plash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni internet tarmog‘i, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga muhim omil bo‘layotir. 

Mazkur hujjat doirasida ko‘zlangan natijalarga erishish, soha faoliyatini ya’nada takomilashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Unda davlat va jamoat tashkiloti vakillari, kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Bank-moliya akademiyasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda bugungi “Axborot asri”da statistik axborotlarning erkinligi, oshkoraligini ta’minlash, rivojlanish ko‘rsatkichlarini xalqaro statistik to‘plamlarda chop etish hamda turli yo‘nalishdagi reytinglarda aks ettirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to‘g‘ri baholanishini ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda to‘ldirib kelinayotgani qayd etib o‘tildi. 

Hozirda qo‘mita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o‘rnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda. 

Ta’kidlanganidek, qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasida kompleks chora-tadbirlar dasturi, nazorat rejasi va vazifalarning har bir bandi ijrosi bo‘yicha xarakat rejalari ishlab chiqildi. Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tarkibi qaytadan ko‘rib chiqilib, qo‘mita markaziy apparati tarkibida yangi boshqarmalar tashkil etildi. 

Statistik axborotlarning to‘liq ochiqligini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan ko‘rsatkichlar tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, kengaytirildi. Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti tahliliy ma’lumotlar, byulletenlar, hisobot va press-relizlar bilan muntazam ravishda boyitib borilmoqda. 

Davra suhbati qatnashchilariga Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari tomonidan tegishli mavzularda ma’ruzalar qilinib, batafsil tushunchalar berildi. 

Ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi. 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться