O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident maslahatchisi bir necha yillik muammoni, bir necha soatda hal qildi
2018-03-28 | Jamiyat
Bu gal aholi muammolariga yechimni haftalab kutmadi! Soatlar yetarli bo‘ldi. . .
Aholi talabi bilan Urganchda yangi shirkat ochildi va o‘sha kunning o‘zida hisob raqami ishga tushdi!
Davlat maslahatchisining Xorazmda aholiga amaliy ko‘mak berish ishlari davom etmoqda.
“ Yoshlik” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholi bilan suhbatlashgan Qahramon Quronboyev ularning muammolariga quloq tutdi.
— Biz uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan yetarli darajada qoniqish hosil qilmayapmiz. Muammolarimiz keragidan ham ko‘p, – deyishdi suhbat davomida aholi.
Prezident vakili muammolarga quloq tutdi. Ushbu hududda yangi shirkatga ehtiyoj borligini sezib, unga aholi ichidan nomzod berishlarini so‘radi.
Aholining taklifi bilan yangi ochilgan shirkatga Ilhom Abdurahmonov rahbar etib saylandi.
Shirkatning hisob raqami shu kunning o‘zidayoq rasmiylashtirildi.
Aholi xursand. Eng asosiysi, ularning talabi soatlar ichida qondirildi!
Inobat Axatova, O‘zA