O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yo‘l ta’mirlash bo‘yicha yangi korxona
2018-03-28 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosh boshqarmasi huzurida Taxiatosh tumani avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etildi.
Prezidentimizning 2017-yil 14-fevraldagi "Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur korxona Nukus shahri hamda Taxiatosh tumani hududidagi avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlarini olib boradi.
– Joriy yilda Nukus shahri va Taxiatosh tumanining ichki yo‘llarida ta’mirlash ishlari olib borishni rejalashtirganmiz, – deydi korxona direktori Allayar Djamatov. – Shuningdek, Nukus shahridagi I.Karimov, Q.Ayimbetov va boshqa markaziy ko‘chalarning kapital ta’mirlanishi belgilangan.
Bugungi kunda 60 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxona 23 turdagi texnika vositalari bilan ta’minlangan.
Anvar Nasirlayev, O‘zA