O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishlari uchun

2018-03-27 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2796-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda yangi ishlab chiqarishlar va ish joylari yaratishni xohlovchi tadbirkorlar buning uchun zarur ishlab chiqarish binolarini xarid qilishda duch kelayotgan qiyinchiliklarni oldini olish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, zarur investitsiyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish joylari barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilab o‘tilgan.

Qarorga muvofiq namunaviy tarkibda qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha idoralararo komissiyalar tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organi idoralararo komissiyaning ishchi organi etib belgilanib, idoralararo komissiya zimmasiga bir qator asosiy vazifa va funksiyalar yuklatildi. Xususan, komissiya tegishli hududda qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash, o‘tkazilgan xatlov yakunlari bo‘yicha ularning ro‘yxatini shakllantirish, qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bilan birgalikda ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini tashkil etish, shuningdek, yangi ish joylari yaratish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlar tomonidan ruxsatnoma hujjatlarini va tijorat banklarining kreditlarini olishda ularga yordam berish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, qarorga asosan ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni negizida investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan hollarda mulk va yer solig‘i navbatdagi hisobot yilidan boshlab ikki karra miqdorda oshiriladi va har bir keyingi hisobot yilida ikki karra miqdorda, ammo olti karradan ko‘p bo‘lmagan oshirib boriluvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi, viloyat hokimligi foydalanilmayotgan hamda maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan yer uchastkalari olib qo‘yilishini, bo‘shayotgan yer uchastkalari zaxira yerlari toifasiga o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birga, qarorga muvofiq tijorat banklariga qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga 5 yil muddatgacha, imtiyozli davri 12 oy bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish vazifalari belgilab berildi.

O‘tgan davr mobaynida viloyatda qarorning bajarilishi davomida Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat boshqarmasi tomonidan foydalanilmay turgan 15 ta bino hamda inshoot bo‘yicha soliq idoralariga xulosa kiritilgan bo‘lib, ularga yuqorida aytib o‘tilganidek ikki karra ya’ni, 76.8 mln.so‘m miqdorda yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan.

Mazkur qaror respublikamizda tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir iqtisodiy islohotlar negizida avvalambor, soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada oshirish, soliq ma’murchiligini yanada soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida tadbirkorlik subyektlarining real daromadlarini oshirish, ularning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va rag‘batlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

 

Obid ShYERNAZAROV,

viloyat davlat soliq boshqarmasi

nazorat bo‘limi bosh inspektori

Поделиться