O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Viloyat hokimi hududdagi yer egalari bilan uchrashdi
2018-03-27 | Jamiyat
Bugungi kunda yer o‘zining haqiqiy egasini topib, fermerlik harakati yurtimiz taraqqiyotida hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgani, dalada ishlaydigan har bir odamda O‘z mehnatidan manfaatdorlik hissiyoti kuchayib, kelajakka ishonchi yanada mustahkamlanib borayotgani, nainki qishloq xo‘jaligi, balki butun hayotimizni tubdan o‘zgartirmoqda.
Mamlakatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Buxoro viloyatida ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan unumli foydalanishni tashkil etish va yerlarni ekinga tayyorlash maqsadida viloyat hokimi O‘.Barnoyev boshchiligida ishchi guruh viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasidagi yechimini kutayotgan bir qator masalalar joyida hal etib berildi.