Intellektual mulk agentligining navbatdagi bo'lib o'tadigan Hay'at majlisi kun tartibiga "Texnik yo'nalishlarda ixtiro va foydali modelga patent olish uchun topshirilgan talabnomalarning mohiyat bo'yicha ekspertizasining o'ziga xos tomonlari va uni takomillashtirish bo'yicha takliflar", "Ko'r va ko'rish qobiliyati zaif yoki chop etilgan ma'lumotlarni idrok qilish qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarning nashr etilgan asarlar uchun imkoniyatlarini osonlashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasining ahamiyati, unga qo'shilishdagi maqsad va vazifalar" va "O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunining ijrosi yuzasidan Agentlikda amalga oshirilayotgan ishlar" to'g'risidagi masalalar kiritilganligini ma'lum qilamiz.
Hay'at majlisi Joriy yilning 29 mart kuni soat 15:00da Intellektual mulk agentligi majlislar zalida o'z ishini boshlaydi. Agentlikning Hay'at majlisi ishida qatnashishni hohlagan yuridik va jismoniy shaxslar (71) 232 50 08, 232 50 32 telefonlari orqali majlisda qatnashish shartlari bilan tanishishlari va ro'yxatdan o'tishlari mumkin.