O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ma’naviyat oiladan boshlanadi
2018-03-27 | Jamiyat
Oila - jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Albatta, har bir xodimning xizmati davomidagi ma’naviy kayfiyati oilasidagi muhitga bog‘liq.
Shuning uchun ham 24 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida xodimlarning oila a’zolari, qonunchilik, din va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkillashtirildi.
Davlatimizning besh bosqichli Harakatlar strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirda korrupsiyaning davlat va jamiyat uchun naqadar xavfli illat ekanligi, uning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida tegishli profilaktik ko‘rsatmalar berildi. Poraxo‘rlikning qonunchilik va din tomonidan qanchalik qattiq qoralanishi aniq misollar bilan ta’kidlandi. Shuningdek, boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarning oila a’zolariga tegishli maslahatlar berildi.
Korrupsiyaning oldini olishda nafaqat mutasaddi vakillarning, balki oilaning ham o‘rni benihoya kattadir. Ushbu tadbir o‘z samarasini bermasdan qolmaydi, albatta, kelajakda bunday illatlar sodir etilishining oldini olishda xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati