O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Toshkent» Respublika fond birjasi savdolari aylanmasi 3,1 mlrd. so'mga teng bo'ldi

2018-03-27 | Iqtisodiyot

2018 yilning 23 - 24 mart kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 14 ta aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog'ozlari bilan 27 ta bitim qayd qilinib, 2,5 mln. dona aksiya 3,1 mlrd. so'mga sotildi. Tahlillar jami savdo aylanmasining 92,9 foizi tijorat banklari va 5,2 foizi sug'urta kompaniyalarining qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo'lganini ko'rsatdi.

Eng yirik bitim 24 mart sanasida asosiy seksiyada «Ravnaq-bank» XATBning 2,0 mln. dona aksiyasi bilan 2,0 mlrd. so'm miqdorida tuzildi. Bir dona aksiyaning sotuv narxi 1 000 so'mni tashkil qildi.

Bitimlar soni bo'yicha yetakchilikni o'tgan haftada «Alskom» SK AJ egallagan holda, uning 95,6 ming dona aksiyasi bilan 162,6 mln. so'mlik 5 ta bitim amalga oshirildi.

Qimmatli qog'ozlar bilan o'rtacha kunlik savdo aylanmasi hisobot davrida 1,56 mlrd. so'mni, o'rtacha bitim qiymati esa 115,6 mln. so'mni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o'rtacha narx ko'rsatkichi 1 258 so'mdan iborat bo'ldi.

Qimmatli qog'ozlarning nominal narxiga nisbatan yuqori darajadagi farq «Olmaliq KMK» AJ aksiyalari bilan tuzilgan savdo bitimlarida kuzatildi. Bunda nominal qiymati 3 914 so'm bo'lgan jamiyat aksiyalarining savdo kunidagi birja narxi 7 793,28 so'mni tashkil etdi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo'lgan emitentlarni «Ravnaq-bank» XATB (haftalik savdo aylanmasining – 64,0 foizi), «Universal bank» XATB (16,3 foiz), «Turonbank» ATB (12,5 foiz) va «Alskom» SK AJ (5,2 foiz) tashkil etdi. Savdo aylanmasining 98,1 foizi ular hissasini tashkil etdi.

O'tgan haftada investorlar toifasiga ko'ra birja savdolarida jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar hajmining – 95,2 foizi, bitimlar sonining esa – 88,8 foizi aynan ular hissasiga to'g'ri keldi.

Shuningdek, o'tgan haftada fond birjasida respublikamizning 6 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog'ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahri (81,8 foiz) va Farg'ona viloyatidagi (16,3 foiz) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to'g'ri keldi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 35,5 mlrd. so'mlik 614 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 52 ta aksiyadorlik jamiyatining 154,3 mln. dona qimmatli qog'ozlari sotilgan.

Поделиться