O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston kasaba uyushmalari – turizmni rivojlantirish yo‘lida

2018-03-27 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-5290-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, kasaba uyushmalari tomonidan har bir mehnat jamoalarida yuqoridagi Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shuningdek, kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari rahbarligida mutasaddi xodimlardan iborat shtablar tashkil etilib, Navruz bayrami munosabati bilan uzaytirilgan dam olish kunlarida korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari va ularning oila a’zolarining mazmunli dam olishini ta’minlash hamda ichki turizmni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan “Respublika korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ichki turizm va faol dam olish ishlarini tashkil qilish rejasi” ishlab chiqilib, amalga oshirildi.

Mazkur tizimli ishlar natijasida, 2018 yilning 18 martidan 22 martiga qadar jami 75 ming 200 nafar xodim hamda ular oila a’zolarining respublikamiz hududlaridagi diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlarga sayoxatlari tashkil qilindi.

Raqamlarga murojaat etsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona, tashkilot va muassasalarning 34,5 ming nafarga yaqin mehnatkashlari va ularning oila a’zolari tarixiy shaharlarga sayohatga olib borildi. Xususan, ulardan 6 ming nafari Toshkent, 12 ming 200 nafari Samarqand, 7 ming nafari Buxoro, 5 ming 150 nafari Xiva, 960 nafari Nukus, 1 ming 300 nafari Qo‘qon, 1 ming 850 nafari Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarga, 40 ming 740 nafari o‘zlari yashab turgan hududlardagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatga olib chiqildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi “Kasaba sayr” korxonasi tomonidan bayram kunlarida 2 mingdan ortiq mehnatkashlar kasaba uyushmalari tomonidan joriy etilgan 50 foizli chegirma asosida Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent shaharlariga sayohat qildilar.

Tashkil etilgan sayoxatlar xodimlar va ularning oila a’zolarida katta tassurotlar qoldirib, bayram kunlarida ular uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Davlatimiz rahbarining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq berilgan bayram kunlari barcha yurtdoshlarimizning oilaviy hamda jamoaviy sayohatlarga chiqishlari hamda maroqli dam olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi.

Поделиться