O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Misha Ge jahon chempionatida 9-o‘rinni egalladi
2018-03-27 | Sport
19-25 mart kunlari Italiyaning Milan shahrida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Misha Ge ham omadini sinab ko‘rdi.
Hamyurtimiz 22 mart kuni qisqa dastur bahslarida 86,01 ball oldi. 24 mart kuni esa erkin dasturda 163,56 ballga loyiq ko‘rildi. Umumiy hisobda 249,57 ball jamg‘argan Misha jahon chempionatida to‘qqizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili Natan Chen 312,40 ball to‘plab, oltin medal sohibiga aylandi. 2-o‘rinni 273,77 ball jamg‘argan yaponiyalik Shoma Uno egalladi. 3-o‘rin esa 272,72 ball to‘play olgan rossiyalik sportchi Mixail Kolyadaga nasib qildi.