O‘zbekiston 2002-yildan buyon Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib bermoqda. Surxon-Puli-Xumri yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi bilan O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin ortadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida buni aytib o‘tdi.
“Biz birgalikda yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqdamiz. Bu o‘zbek mutaxassislari tomonidan qurilgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Bu loyiha Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash uchun aniq va amaliy chora bo‘lib, shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishi kutilmoqda.