O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda chigit ekish 5 aprelgacha yakunlanadi

2018-03-27 | Iqtisodiyot

Samarqand viloyatining Narpay tumanida chigit ekish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni qisqa muddatlarda tashkil etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda shu haqda ma’lumot berildi.

Samarqand viloyatida joriy yilda 79 ming 80 gektar maydonda g‘o‘zaning “Omad”, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Porloq-1”, “S-8286” kabi mahalliy sharoitga mos, serhosil navlari urug‘ini ekish rejalashtirilgan. Ayni paytda tumanlarda 106 urug‘lik chigitni ivitish shoxobchasi, Pastdarg‘om, Narpay va Ishtixon tumanlarida esa chigitni dorilash sexlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Seminar ishtirokchilari Narpay tumanidagi “Yangi tong” muqobil mashina traktor parki fermer xo‘jaliklarida ushbu mas’uliyatli mavsumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bilan tanishib, chigit ekishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikrlashib oldi. Jumladan, “Alisher” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish jarayonini kuzatib, mavsumda foydalaniladigan texnikalar, ularning ish samaradorligiga guvoh bo‘lishdi. 

– Mavsumni qisqa fursatda yakunlash uchun zarur texnika, ishchi kuchi va boshqa vositalar safarbar etilgan, – deydi Samarqand viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi Nurmamat Tursunov. – Tumanlarning tuproq va iqlim sharoiti, tabiiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, g‘o‘za navlari tanlangan va kerakli miqdorda urug‘lik yetkazib berilgan. Seminarda chigit ekishning agrotexnik talablari yana bir bor tushuntirilib, mutaxassislar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi. 

Ko‘rgazmali seminarda Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev so‘zga chiqdi. 

 
G‘.Hasanov, O‘zA

Поделиться