O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov: Xavfsizlik–turizm rivojining muhim omili

2018-03-26 | Iqtisodiyot

– Qayerda tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lsa, boshqacha aytganda, odam o‘zini qayerda xavfsiz sezsa shu yerga intiladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov. – Shu jihatdan asosiy maqsadi Afg‘onistonda, shuningdek, mintaqada xavsizlik ta’minlanishiga qaratilgan Toshkent konferensiyasining ahamiyati beqiyos.

Aytib o‘tish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqasida keyingi paytda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar nafaqat o‘zaro munosabatlar, balki turistik oqimning kuchayishiga katta turtki berdi. Birgina misol, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida bir oylik vizasiz rejim joriy etilganiga hali o‘n kun bo‘lgan bo‘lsa-da, yurtimizga o‘n minglab tojik xalqi vakillarining tashrif buyurgani kuzatildi. 

O‘z navbatida, yurtimizga kelayotgan turistlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishga, ularning xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tegishli tuzilmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turistlar uchun servis xizmatlarini xalqlaro standartlar darajasida ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. 

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston vakillari ayni paytda O‘zbekistonga tibbiy turizm maqsadida tashrif buyurmoqda. O‘tgan yilda ularning soni 26 mingdan oshdi. O‘zbekiston turistik salohiyati bilan afg‘on xalqini tanishtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilmoqda. Bu mamlakatda barqarorlikka erishilishi afg‘on xalqining xotirjam yashashi, qo‘shni davlatlar bilan aloqalari rivojlanishi va sayohat qilish imkoniyati ortishiga xizmat qiladi.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться