O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Tashqi ishlar vazirligining nizolarni hal qilishda terrorizm va vositachilikka qarshi maxsus vakili Mutlaka bin Majid al-Qahtoni Toshkentga keldi
2018-03-26 | Siyosat
Qatar Tashqi ishlar vazirligining nizolarni hal qilishda terrorizm va vositachilikka qarshi maxsus vakili Mutlaka bin Majid al-Qahtoni? «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga mo‘ljallangan.