O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston aholisining aksariyati o‘zbek tilini biladi va O‘zbekistonga sayyohat qilishni orzu qiladi

2018-03-26 | Turizm

Muhammad Javed Chaudri, Pokistondagi «Express News» telekanalida siyosiy tok-shoular boshlovchisi va muallifi: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi juda yuqori darajada o‘tmoqda. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Biz Afg‘onistonda tinchlik xukm surishidan, qo‘shnichilik munosabalari o‘rnatishdan juda manfaatdormiz. Vaholanki, Afg‘oniston mahsulot aylanmasining 80 foizdan ortig‘i Afg‘oniston-Pokiston tranzit yo‘li orqali amalga oshiriladi. Dengizga to‘g‘ri chiqish yo‘li bo‘lmagan Afg‘oniston keng turdagi mahsulotlarni Pokiston orqali oladi. Bu yurtdagi siyosiy muammolar bizga ham albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. 
 
O‘z yurtimning, xalqimning bir vakilli sifatida aytishim mumkinki, Islomobod va Qobul munosabatlarining yaxshilanishi ikki davlat fuqarolarining chegaradan o‘tib yurishi yuzasidan vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan shikoyatlarni bartaraf etishga ham asos bo‘ladi. 
 
Shu o‘rinda Afg‘onistonga tinchlik o‘rnatish uchun ko‘mak berayotgan O‘zbekiston hukumatiga ham minnatdorchilik bildiramiz. Pokiston aholisining aksariyati o‘zbek tilini yaxshi biladi va mamlakatingizdagi islohotlarni kuzatib boradi. Ular O‘zbekistonga sayyohat qilishni juda hohlaydilar. Biz urf-odatlari, an’analari, hayot tarzi bir-biriga o‘xshash xalqlarmiz. Kelgusida Pokiston-O‘zbekiston aloqalarini yanada kengayishi va sayyohlik yo‘nalishi rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. 
 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться