O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘onistondagi tinchlik Markaziy Osiyo davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsiz bozorga kirib borishi uchun yo‘l ochadi

2018-03-26 | Siyosat

Dipanjan Roy Chaudxuri. Hindistonning «The Economic Times» gazetasi bosh muharrir o‘rinbosari: Men O‘zbekistonga birinchi marta olti oy avval sayyohlik yo‘nalishida oilam bilan kelgan edim. Endi esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun keldim. 

Qayd etish joizki, bu anjuman o‘zining salmog‘i jihatidan juda muhim. Vaholanki, unda bevosita dunyoning yirik davlatlari Rossiya, AQSh, Xitoy vakillari bitta stol atrofiga jamlanmoqda. 
 
Eng muhimi, bu borada Afg‘onistonning ham pozitsiyasi aniq. Yurtda tinchlik o‘rnatish uchun afg‘on xalqining o‘zi tashabbus bilan chiqmoqda. Zero, hech qanday tashqi kuch Afg‘onistonda tinchlikni to‘liq ta’minlay olmaydi. 
 
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan Hindiston ham manfaatdor. Vaholanki, bu ikki davlat o‘rtasida hozirga qadar ochilmagan yangi qirralar ya’ni iqtisodiy sohalarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bu davlatdagi tinchlik, xotirjamlik Markaziy Osiyo davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri havfsiz bozorga kirib borishi uchun yo‘l ochadi. 
 

Sayyora Shoyeva, Темур Мамадаминов (сурат) O‘zA

Поделиться