O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Afg‘oniston muammolarini hal qilishda xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishga intilmoqda

2018-03-26 | Siyosat

«Kabar» Qirg‘iziston milliy axborot agentligi direktori Quvonchbek Taabaldiyev bu borada o‘z fikrlarini shunday bayon etdi: — O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Keyingi paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. 

Bugungi Toshkent xalqaro konferensiyasi ham bunday iliq munosabatning yana bir yorqin dalilidir. O‘zbekiston afg‘on zaminida tinchlik o‘rnatilishidan eng ko‘p manfaatdor davlat hisoblanadi. Bugun O‘zbekiston qo‘shni mamlakatda uzoq muddatli barqarorlik va tinchlik saqlanishining qat’iy tarafdori sifatida Afg‘onistonga nisbatan an’anaviy tarzda yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona siyosat yuritayotganini kuzatish mumkin.
 
O‘zbekistonning afg‘on muammosi yuzasidan tutgan tinchlikparvar pozitsiyasini Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining qator chiqishlarida, xususan, 2017 yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qilgan edi. 
 
O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilish yuzasidan tashabbuslarini nafaqat so‘zda, balki o‘zining amaliy sa’y-harakatlari orqali ham namoyon etishga harakat qilmoqda. Ba’zi davlatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston o‘z e’tiborini Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratib, bu borada xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishga intilmoqda. Bugungi anjumanga yirik davlatlarning bosh vazirlari, turli lavozimdagi rahbarlari taklif etilgani ham buni yaqqol aks ettirmoqda.
 
O‘zbekiston tom ma’noda Markaziy Osiyodagi strategik davlatga aylanmoqda. Qo‘shnilar bilan yaqin hamkorlik qilish, do‘stona aloqalarni rivojlantirish juda katta tahsinga loyiq.
 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться