O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Toshkentga keldi
2018-03-26 | Siyosat
BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.