O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ekspertlar uchrashuvi yakunlandi
2018-03-26 | Siyosat
2018-yilning 25-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hekmat Halil Karzay rahbarligida bo‘lajak Afg‘oniston bo‘yicha forumda ishtirok etadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar yuqori martabali mulozimlarining tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ekspertlar tomonidan 27-mart kuni O‘zbekiston poytaxtida ishlay boshlaydigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning delegatsiya rahbarlari diqqatiga kiritiladigan yakuniy Toshkent deklaratsiya loyihasi ko‘rib chiqildi va muvofiqlashtirildi.