O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo–Okeaniyada kurash yangi bosqichda rivojlanadi

2018-03-26 | Sport

Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida X-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionat doirasida Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va II-Kongressi o‘tkazildi. 

Kongressda qit’amizning 24 davlati kurash federatsiyasi rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishdi. 

Kongressda ko‘rilgan asosiy masalalardan biri Konfederatsiyaning ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdir.

Jahon sporti tajribasi asosida va ikki qit’aning barcha hududida kurashni birdek rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida konfederatsiya o‘z faoliyatini hududiy federatsiyalarni tashkil qilish asosida olib boradi. 

2018-yil davomida Osiyo qit’asida 5 ta hududiy federatsiya: Janubiy Osiyo, G‘arbiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo federatsiyalari faoliyatini boshlaydi. Mazkur hududiy federatsiyalar prezidentlari o‘z hududlari bo‘yicha Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse–prezidentlari hisoblanishadi. 

Kongress kun tartibiga kiritilgan yana bir muhim masalalardan biri Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy qo‘mita vakillarini hisobotlari taqdim etildi. 

Unga ko‘ra nufuzi jihatidan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan sport bayramida kurash bahslari 28-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. 

Yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash bahslari 7 vaznda: erkaklar 66,81, 90, +90, ayollar 52, 63, 78 kilogramm, har vazn toifasida 2 nafardan ishtirokchilar qatnashishi e’lon qilindi. 

Kongress davomida tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unga ko‘ra sport ishlari bo‘yicha vitse–prezident lavozimi joriy etilib bu lavozimga Koreya kurash assotsiatsiyasi prezidenti, KSAO ijroiya qo‘mitasi a’zosi Kim El Jung bir ovozdan saylandi. 
 

Shuningdek, bir nechta nominatsiyalarda 2017-yilning eng yaxshilari deb e’tirof etilgan Kurashchi va murabbiylar, rasmiy shaxslarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

Поделиться