O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mohir qilichbozlar aniqlandi

2018-03-26 | Sport

Poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Chempionatda yoshlar qilichbozlikning rapira, shamshir va qilich yo‘nalishlarida o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan qilich yo‘nalishidagi bellashuvlarda Bobirjon Rasulov, Sherzod Mamutov, Bobur Shagayev va Alisher Galiyev shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Charos Tog‘aymurodova, Sevinch Ismoilova, Dilnoza Abdiyeva hamda Aysulu Usnatdinova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Mazkur yo‘nalishning jamoaviy bahslarida Toshkentning birinchi jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi bo‘ldi. Qoraqalpog‘istonlik qizlarning birinchi jamoasi esa hech kimga imkoniyat qoldirmadi.

Rapirada, Bunet Abdurazzoqov, Ahmadillo Solixojiyev, Radmir Semeneyev, Fahriddin Abdumannonov sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi bahslarda Madinabonu Parpiyeva, Umida Ilyosova, Saidaxon G‘oziyeva, Lolita Ziyadxojayeva oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda andijonlik va toshkentlik o‘g‘il qizlarga teng keladigani topilmadi.

Chempionatda shamshir bo‘yicha bellashgan Nodirbek Mo‘minov, Sanjar Alimov, Alisher Qo‘ziyev va Emil Kagirov g‘olib va sovrindor bo‘lgan bo‘lsa, Marjona Zubaydullayeva, Yulduz Usmonova

Oydin Abdulazizova hamda Barchinoy Boltayeva shohsupaning uch pog‘onasiga ko‘tarildi.

Jamoalar o‘rtasida Andijon-1 hamda Buxoro jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться