O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navro‘zni barcha millat vakillari keng nishonladi

2018-03-26 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Do‘stlik bog‘i”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi katta bayram tadbirini tashkil etdi. Unda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar o‘z konsert dasturlari bilan qatnashdi. 

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.Qurbonov sayilga yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, olijanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili, dinidan qat’iy nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylanganini ta’kidladi. 

Bayram saylida milliy madaniy markazlar vakillari “Aziz vatandoshlar, har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan yurtimizdagi tinchlik, bag‘rikenglikni tarannum etuvchi qo‘shiqlar hamda milliy kuy va raqslari bilan yig‘ilganlar ko‘ngliga olam-olam zavq ulashdi. Bayram kunlari milliy madaniy markazlar tomonidan konsert dasturlari uyushtirilib, unga badiiy havaskorlik jamoalari hamda xonandalar jalb etildi. Shuningdek, bayram tadbirlari doirasida milliy madaniy markazlar faollari, poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, litsey va kollejlar hamda maktab o‘quvchilarining ko‘rgazmalari o‘tkazildi. 

Bayram tantanalarini O‘zbekiston koreys madaniy markazi boshlab berdi. "Do‘stlik bog‘i"ning Seul orolchasida koreys badiiy jamoalari tayyorlagan o‘zbek, koreys va boshqa tillardagi qo‘shiq va raqslar tomoshabinlarga birdek manzur bo‘ldi. Sayilga tashrif buyurgan mehmonlarga koreys milliy taomlari taqdim etildi, dasturxonga o‘zbek palovi tortildi. 

Navro‘z tantanalari uyushqoqlik ruhida o‘tdi, qiziqarli tomosha va konsertlarga boy bo‘ldi. Istirohat bog‘ining maxsus sahnasida boshqird, tojik, turkman, turk va boshqa milliy madaniy markazlarning bayramona badiiy dasturlari namoyish etildi. 

 

G.Sattorova, O‘zA

Поделиться