O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bank tizimidagi yangiliklardan xabardormisiz?

2018-03-26 | Iqtisodiyot

Kartalardan xorijiy valyutani yechishning yangi mexanizmi, hisobvaraqlarni masofadan turib boshqarish, turistlar uchun kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari qachondan ishga tushadi?

Prezidentining 2018-yil 23-martda qabul qilingan "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan xalqimiz manfaatiga xizmat qiladigan ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etadi. 

2018-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazishni ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etiladi. 

2018-yil 1-noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etiladi.

Поделиться