O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir va Umid Qirg‘izistonda g‘olib bo‘ldi

2018-03-26 | Sport

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

“Strong” boks arenasida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Unda MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur To‘g‘izboyevning ikki shogirdlari Umid Sagdulayev va Jahongir Yorkulov mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Nufuzli musobaqada vazni 77 kilogramm bo‘lgan Jahongir qirg‘izistonlik Q.Sama Uluga qarshi jang o‘tkazib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, 71 kilogramm vazn toifasida Umid mezbonlar sharafini himoya qilgan I.Omurbekovni mag‘lubiyatga uchratdi.

– Qirg‘izistonda o‘tgan mazkur musobaqada shogirdlarim g‘alaba qozonganidan xursandman. O‘ylaymanki, bu g‘alabalar oxirgisi bo‘lmaydi. Umid va Jahongirning musobaqada o‘tkazgan janglarildan ko‘nglim to‘ldi. Biz sportchilarning asosiy maqsadimiz, jahon arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir. Men sportchi sifatida bir qator g‘alabalarga erishdim. Endi esa shogirdlarim ham o‘zbek o‘g‘lonlari hechkimdan kam emas va kam bo‘lmasliklarini dunyoga namoyon etmoqda, – deydi Mansur To‘g‘izboyev.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться