O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida
2018-03-25 | Siyosat
2018-yilning 26-mart kuni Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini boshchiligidagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Yevropa ittifoqining tashqi siyosat idorasi rahbari Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya va “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” formatidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.
YI delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.