O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bojxona ishlarida o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim kuchga kirdi

2018-03-25 | Siyosat

Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida 2017-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi bojxona ishlarida o‘zaro yordam to‘g‘risida Bitim 2018-yilning 23-mart kuni kuchga kirdi.

Ushbu Bitim qoidalariga muvofiq, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, bojxona hujjatlarini tan olish va ikki davlat bojxona idoralari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish niyatida axborot almashinuvining elektron vositalarini qo‘llash uchun tomonlar barcha zarur choralarni ko‘radilar.

Hujjat kontrabanda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari, shuningdek, ularning prekursorlarini noqonuniy aylanishiga qarshi tomonlarning birgalikda oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmini yaratishni nazarda tutadi.

Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Поделиться