O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi

2018-03-24 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tarkibiy tuzilmasida tashkil etilgan mazkur xizmat banklarga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. 

Bu kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida o‘z aksini topdi. 
 
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda: bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga; bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga; bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga; moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. 
 
Yaratilgan bu yangi tizim banklarda xizmat sifati oshishiga, banklarga ishi tushgan fuqarolarga zarur qulaylik yaratilishiga zamin yaratadi.

Поделиться