O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Ispaniyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi istiqbollari muhokama etildi

2018-03-24 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz kompaniyalarining vakillari agrar, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi sayyohligi sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganish maqsadida Ispaniyada bo‘ldilar.

Ushbu safar chog‘ida mamlakatimizning Madriddagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning “EuroCapra” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston – Ispaniya amaliy seminari tashkil etildi. Mazkur tadbir qishloq xo‘jaligi va chorvachilik jabhasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyati va uning istiqbollariga bag‘ishlandi.

Ispaniyaning yigirmaga yaqin yirik kompaniyasi rahbarlari va vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu seminar chog‘ida O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi. Tadbir qatnashchilari mazkur taqdimot vositasida mamlakatimizning tabiiy afzalliklari hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

-Bu seminar O‘zbekistonda kechayotgan iqtisodiy modernizatsiyalash va islohotlar jarayonlari, biznes yuritish, shu jumladan, chet el kapitali va texnologiyalari asosida o‘zaro hamkorlik uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni “birinchi qo‘ldan” olish imkonini berdi, - dedi Kastiliya-La-Mancha mintaqasi hukumatining Tashqi munosabatlar agentligi bo‘limi boshlig‘i Violeta Lupashku. – O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning yangi strategiyasi amalga oshirilayotgani, xususiy sektorning tashqi bozorlarga chiqish uchun intilayotgani, sarmoyalar hamda nou-xauni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani biz uchun quvonarli holdir.

Kastiliya-La-Mancha mintaqasi agrosanoat jabhasida faoliyat ko‘rsatadigan o‘zbek kompaniyalariga o‘zaro hamkorlik uchun katta istiqbollarni taklif etishi mumkin. Biz bugun bu boradagi o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish maqsadida har ikki tomonga manfaat keltiradigan qator yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

O‘z navbatida, “JHuete International” kompaniyasi menejeri Xaver Uete O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha yangi va katta e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishini Ispaniyada jiddiy qiziqish bilan kuzatib borishayotganini ma’lum qildi.

-“JHuete International” zamonaviy issiqxonalarni loyihalashtirish va qurishga ixtisoslashgan Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi, - dedi u. – Mamlakatlarimiz qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida ulkan salohiyatga ega. O‘zaro hamkorlik bu yo‘nalishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Hozirgi paytda biz O‘zbekiston bozorini batafsil o‘rganish bilan birga Ispaniya texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxonalar barpo etish yuzasidan qo‘shma korxona tuzish imkoniyatini ko‘zda tutadigan biznes loyihalarimizni tayyorlayapmiz.

Muxtasar qilib aytganda, Madridda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir ikki mamlakatning tadbirkorlik subyektlariga pishloq, yogurt singari va boshqa sut mahsulotlari, chorva ozuqalari, qo‘shma korxonalar tuzish yo‘li bilan boshqa turli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot yetishtirish, biogaz uskunalari o‘rnatish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etish uchun yaxshi imkoniyatni yaratdi.

Поделиться