O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroning yetakchi turistik kompaniyalari Malayziyada

2018-03-24 | Turizm

Davlatimiz rahbarining alohida ko‘rsatmalariga muvofiq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi bilan olib borilayotgan hamkorlik tadbirlari doirasida Buxoroning turistik kompaniyalari Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilggan MATTA FAIR 2018 turistik ko‘rgazmasida qatnashmoqda.

Mazkur tadbirga viloyatdan tashrif buyurgan “EAST LINE TOUR” kompaniyasidan olingan xabarga ko‘ra, bu ko‘rgazmada dunyoning 86 ta mamlakatidan turistik kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.

Tadbirning 2 kuni davomida Buxoroning turistik kompaniyasi vakillari jami 18 ta turistik agentliklar bilan uchrashuv o‘tkazishgan, O‘zbekistonning turistik salohiyatiga oid 2500 dan ko‘proq materiallar tarqatilgan.

Mamlakatimizga Malayziya va boshqa xorijiy davlatlardan sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha 5 ta yangi turistik hamkorlar bilan shartnomalar tuzilgan.

Olib borilgan muzokaralar asosida Malayziya va Singapurda faoliyat yuritayotgan salohiyatli investorlar aprel-may oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurishlarini bildirishgan.

Buxoroning turistik kompaniyasi vakillari MATTA FAIR 2018 turistik ko‘rgazmasi yakunlangandan so‘ng mehmonxona va restoran biznesi bo‘yicha hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazish uchun Singapur va Indoneziyaning Jakarta shaharlariga borishni rejalashtirgan.

Поделиться