O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston delegatsiyasi Buxoroda

2018-03-24 | Turizm

Dehli shahri jomye masjidi bosh imomi Said Ahmad Buxoriy boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 15 mart kuni Buxoroga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon, uning oilasi va ularga hamrohlik qilayotgan Uttarakand shtatining shariat ishlari bo‘yicha maslahatchisi Mavlono Zoxid Raza Rizvi va islomshunos olim Xvaja Iftikxar Ahmedlarni Buxoro temir yo‘l vokzalida viloyat hokimining o‘rinbosari B.Shaxriyorov, Turizmni rivojlantirish departamenti direktori F.Xujayev va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat bosh imom xatibi M.Nurullayevlar tomonidan kutib olindi.

O‘tmishda Boburiylar bilan birgalikda Hindistonga yo‘l olgan imom Burxon Buxoriyning 13-avlodi hisoblangan Said Ahmad Buxoriy rahbarlik qilayotgan delegatsiya kunning ikkinchi yarmida Buxorodagi ulug‘ qadamjolar Abu Hafs Kabir Buxoriy ziyoratgohi, Chor Bakr majmuasi va Mir Arab madrasasida bo‘lishdi.

Hindistonlik mehmonlar sharafiga Buxoro shahridagi “Budriddin” restoranida tushlik va “Labi Hovuz” restoranida kechki ovqat dasturxoni yozildi.

Dehlidan kelgan mehmonlarning Buxoroga sayohati davom etmoqda.

Поделиться