O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Loyan va Buxoro birodar shaharlari vakillarining turizmni rivojlantirish masalasida uchrashuvi o‘tkazildi

2018-03-24 | Turizm

Xitoyning Loyan provinsiyasi turizmni rivojlantirish korporatsiyasi direktorining doimiy o‘rinbosari Chjao Sin va boshqarish kotibi Xe Szyan boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar bilan ikki shahar o‘rtasida turizmni rivojlantirish maqsadida hamkorlikni yanada kuchaytirish va o‘zaro manfaatli sherikchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 11 mart kuni Buxoro davlat universitetida Xitoy delegatsiyasi bilan viloyatning yirik turistik agentliklari va hamkor tashkilotlari vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan turistlarning viza olish jarayonini yengillashtirilganligi va bu masalalarda tizimli ish tashkil qilishga doir takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda mehmonxonalar va restoranlar qurish, Loyan va Buxoro shahri oralig‘ida to‘g‘ridan – to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va ikkala shahar turistik agentliklarning yuzma-yuz uchrashuvlarini tashkil etib borish hamda Loyandagi turistik agentliklar uchun info turlarni amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv savol-javoblarga boy va ko‘taringki kayfiyatda davom ettirilib, ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birgalikda, Xitoylik hamkorlarning Buxoro shahriga sayohati tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan ularga qadimiy tariximiz, betakror arxitektura yodgorliklari va ulug‘ ajdodlarimizning dunyo ilm-fani, ma’rifati va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘zlab berildi.

Loyan shahri delegatsiya Buxoroga tashrifidan katta tassurot olib mamnun bo‘lganliklari va hududning yuksak turistik salohiyatini yana bir bor e’tirof etishlarini bildirishdi.

Поделиться