O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namanganda ham eksperiment boshlandi
2018-03-24 | Jamiyat
Viloyatning Chust tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Mazkur eksperiment jarayonida viloyatdagi bir necha MCHJlar ishtirok etib, ular orasidan “Chust tayyorlov lyuks” MCHJ tanlab olindi va ushbu korxona bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Endilikda eksperiment g‘olibi bo‘lgan “Chust tayyorlov lyuks” MCHJ tomonidan tumanidagi № 8,28,30,34,35 maktabgacha ta’lim muassasalariga sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish ta’minlanadi.