O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Me’yorlar tasdiqlandi

2018-03-24 | Jamiyat

2018 yilning 17 martidan boshlab Maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu me’yorlarga asosan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismonan sog‘lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo‘lgan jihozlar, o‘yinlar va o‘yinchoqlar va x.k. kiritilgan.

Xususan, endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo‘lakchalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagichlar (retsirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun “Bank”, “Pochta”, “Ferma”, “Avtomobil turargoxi” va boshqa o‘yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko‘p funksiyali sahnalar, “Tasviriy faoliyat” burchaklari bo‘lishi lozim.

Shuningdek har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hududi, o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.

Поделиться