O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer bilan uchrashdi
2018-03-24 | Siyosat
2018 yilning 22 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Adliya vaziri BMTTD vakillariga mamlakatimizning turli sohalari, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Ikki tomonlama aloqalarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Xelena Freyzer xonim O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan chora-tadbirlar haqida o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi. BMTTDning huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan loyihalarini qayd etdi. Xususan, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘zaro hamkorlik taklif qilindi.
Adliya vaziri BMTTD bilan hamkorlik muhim ahamiyatga egaligini qayd etib, kelgusida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish istagini bildirdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy baza yaratilgani aytib o‘tildi. Shuningdek, BMTTD vakillariga Adliya vazirligining mazkur sohada tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Konstruktiv va xayrixohlik ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar Adliya vazirligi va BMTTD o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.