O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xayriya aksiyasi: 1200 ga yaqin kitoblar bolajonlarga yetkazildi
2018-03-24 | Jamiyat
Bolalarning begonasi bo‘lmaydi. Ularni hech kimdan kam bo‘lmasdan voyaga yetkazish esa nafaqat ota-onaning, balki har bir insonning burchidir.
Yangilanish va yasharish bayramibo‘lgan Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi “Mehribonlik uylari”da Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
Xayriya aksiyasida turli tashkilotlar, xususan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi”, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, advokatlik tuzilmalari, “Inson va qonun” va “Kitob dunyosi”tahririyatlari, Toshkent shahar “Avliyo Uspenskiy kafedral ibodatxonasi”, davlat organlari, yozuvchilar va fuqarolar faol ishtirok etishdi.
Aksiya doirasida 1200 ga yaqin kitoblar, o‘quv qurollari, esdalik sovg‘alari va turli xildagi o‘yinchoqlar to‘planib tarqatildi.
Bolalar o‘rtasida she’rxonlik bahslari hamda qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Unda faol qatnashganlarga alohida esdalik sovg‘alariberildi.