O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Xitoy bilan matbaa sohasida hamkorlik qiladi

2018-03-24 | Jamiyat

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida “Matbaa texnologiyalar va uskunalar” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi mas’ul xodimlari va mutaxassislari ham ishtirok etdi. 

Ushbu halqaro ko‘rgazma mamlakatimizda matbaa sanoatini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda jahon mamlakatlarining mazkur sohadagi ilg‘or tajribasini o‘rganib, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jaryoniga keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ko‘rgazma doirasida agentlik mas’ul xodimlari va mutaxassislari Xitoyning Matbaachilar assotsiatsiyasi bosh kotibi janob Juv hamda Qadoqlash texnologiyalari assotsiatsiyasining bosh kotibi Li xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xitoyning ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekistonga olib kirish va sohaga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida ushbu xitoylik tashkilotlar vakillari va yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari investitsiya kiritish yo‘l-qo‘riqlarini o‘rganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurishini ma’lum qildi. 

Shuningdek, o‘zbekistonlik ko‘rgazma ishtirokchilari Guanchjouda joylashgan eng yirik “Hengyuan Printing” matbaa kompaniyasida bo‘lib, uning faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni hamda texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi. 

Muhimi, bu kabi uchrashuvlar sabab O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasida matbaachilik sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida qator kelishuvlarga erishildi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться