O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport-texnika klubi yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

2018-03-23 | Jamiyat

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport-texnika klubida yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

– Mazkur o‘quv binosining qurilishi ham bu borada olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasidir, – deydi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari N.Mulaboyev. – Ikki qavatli binoda 8 o‘quv, zamonaviy avtotrenajyor va yakuniy imtihon olish xonalari mavjud. Har bir o‘quv xonasida 25 nafar o‘quvchining haydovchilik kasbi bo‘yicha bilim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, sinfxonalari kompyuter, videopleyer, televizor, “Smart board M-600” rusumli interaktiv animatsion doska kabi zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan.

Sinfxonalarining “Neksiya” avtomobilining qirqimli maketi, yengil va yuk avtomobillarining ishchi mexanizmlari, svetofor hamda shahar maketlari, avtomobil qismlari ko‘rgazmasi, yo‘l harakati xavfsizligi belgilari singari o‘quv-amaliy ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangani o‘quvchilarning nazariy bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir o‘quvchi haydovchilik mahorati bo‘yicha olgan sabog‘ini avtotrenajyor mashg‘ulotlarida mustahkamlaydi.

Marosim ishtirokchilari yangi o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv sport texnika klublarining avtosport, baggi, karting, mototsikl, aviamodel, kemamodel, raketamodel, xona aviamodeli bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

 

Akramjon Sattorov, O‘zA muxbiri

Поделиться