O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Indonezianing bosh imom hatibi – O‘zbekiston turizm elchisi
2018-03-23 | Turizm
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimizning turizm salohiyatini yuksaltirish, hususan, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, bu borada halqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator turistik kompaniyalar vakillari, Islom sivilizacitsiyasi markazi mutahasislari, “Dunyo bo‘ylab” telekanali ijodkorlari bilan birgalikda Indoneziya Jakarta shahrida qator soha mutahassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Delegatsiya a’zolari dastlab Jakarta shahridagi “Istiqlol” yome masjidi imom hatibi Nosiruddin Umar bilan uchrashishdi. Uchrashuvda qomita vakillari tomonidan mamlakatimizda so‘nggi oylarda ziyorat turizmi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Uchrashuv “Istiqlol” jome masjidi imom hatibi Nosiruddin Umar hamda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovlar onlayn muloqoti bilan boshlandi.
Islom sivilizaciyasi markazi mutahasislari islom tamaddunida yurtimizning tutgan o‘rni, ulug‘ muhaddis Imom al-Buhoriy, at-Termiziylarning shu zamindan etishib chiqqani, naqshbandiylik tariqati asoschisi Bahouddin Naqshbandning ilmi irfondagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Masjid imom xatibi mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi va u Indoneziyadagi barcha masjidlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, har yili Indoneziyadan 900 ming kishi Umra ziyoratiga, 250 ming fuqaro Haj ziyoratiga boradi. Mamlakatda ziyorat turizmiga qiziqish juda katta.
“Istiqlol” jome masjidi imom hatibi Nosiruddin Umar O‘zbekistonga qilgan tashrifidan olgan ulkan taassurotlari haqida gapirib, indoneziyaliklar ziyorat qilish uchun Turkiya kabi davlatlarga ha deb boravermasdan, O‘zbekistonga, islom olamining tengi yo‘q olimu ulamolari yurtiga borishlari kerakligini taqidladi. Bunga davat qilish uning vazifasi ekanligi, bu ezgu ishda u O‘zbekistonning vakiliga aylanishga tayyorligini qayta va qayta takrorladi. Buning uchun esa ikki tomonlama ana shunday aloqalarni yanada mustahkamlash, oliy o‘quv yurtlari orasida talaba almashish tajribasini qo‘llash taklifini bildirdi. Delegatsiya vakillari bu taklifni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlab, kelgusi uchrashuvda bu borada amaliy takliflar bilan kelishlarini qayd etishdi.
Uchrashuv so‘nggida “Istiqlol” masjidining tarixi,uning mamlakat mustaqilligidan keyin bunyod etilganligi uchun shunday nomlanganligi, u bugungi kunda diniy bag‘rikenglik ramzi bo‘lib kelatganligi, inshoot jonginasida katolik va protestantlik cherkovlari borligi haqida so‘zlab berildi.
Masjid hududi 20 gektarga yaqin. Majmua evropalik bosh me’mor Frederik tomonidan bunyod etilgani uchun ham unda Sharqu G‘arb uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Mamlakatning ulkan masjidlaridan biri bo‘lgan bu muqaddas inshoot bir vaqtning o‘zida 200 mingdan ziyod namoyonni qabul qila oladi.