O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kinologlarning Bishkekdagi mintaqaviy seminari samarali o‘tdi

2018-03-23 | Jamiyat

Davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazining mas’ul xodimlari Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini boshqarishga ko‘maklashuvchi dastur (BOMKA) doirasida Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida joriy yilning 13-15 mart kunlari o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlarida kinologiya xizmatini tashkil etish va boshqarish yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etdilar.

Shuningdek, seminarda Qirg‘iziston Respublikasi chegara va bojxona bo‘linmalari kinologiya xizmati, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi giyohvandlik vositalarini nazorat qilish agentligi vakillari hamda Latviyaning Davlat daromadlari xizmati bojxona boshqarmasi kinologiya xizmati katta eksperti ishtirok etdi.

Mazkur seminarning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari kinologiya xizmatlarining ish faoliyatini yuqori suratlarda oshirish va yanada rivojlantirish.

Seminar davomida o‘quv kursi dasturiga muvofiq turli tadbirlar tashkil etildi va quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tematik munozaralar o‘tkazildi:

- Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston huquqni muhofaza kilish idoralarining kinologiya xizmatini tashkil etish va ish yuritish tizimini takomillashtirish;

- boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari va bo‘limlar bilan xamkorlik qilish;

- kinologlarning malakasini oshirish va o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlar olib borish uslublari;

- kinologlarning malakasini oshirish va o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlar olib borish uslublarini takomillashtirish;

- xizmat itlarini umumiy va maxsus mashq kursi bo‘yicha o‘rgatishda yangi ilg‘or usullarni tadbiq etishning asosiy jixatlari;

- xizmat itlarini o‘rgatishning yangi ilg‘or usullarini tadbiq etish;

- yuqori sifatli va ishchan xizmat itlarini o‘rgatish tizimi;

- mintaqaviy hamkorlik istiqboli va kinologiya xizmati tizimini boshqarishni takomilashtirish;

Ochilish marosimida Qirg‘iziston Respublikasi bojxona xizmati xodimlari kinologiya xizmati faoliyati taqdimoti va kirish so‘zi bilan chiqishdi.

Shu bilan birga, Tojikiston Respublikasi va Latviya bojxona xizmati kinologiya tuzulmalari vakillarining taqdimoti namoyish etildi va chiqishlari eshitildi.

MKM vakillari tomonidan ma’ruza qilinib shuningdek, markaz faoliyati, kinologlarni malakasini oshirish va ularni o‘qitish, dars mashg‘ulotlarni olib borishning uslublari hamda xizmat itlarini o‘rgatishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi bojxona orgnalari kinologiya xizmatida xizmat itlarini qo‘llash va tayyorlash amaliyoti bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

Mintaqaviy hamkorlik istiqboli va kinologiya xizmati tizimini takomilashtirish bo‘yicha kinologlarni malakasini oshirish va o‘qitish uslubini yangilash hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga Qirg‘iziston Respublikasi kinologiya markazida xizmat itlari yordamida giyohvand moddalarni qidirish va odam xidini topish bo‘yicha xizmat itlarini test sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va chiqishlar namoyish etildi.

Seminar yakunida kinologiya xizmati faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi va ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Поделиться