O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yong’in xavfsizligi institutining xalqaro hamkorlik aloqalarida yangi sahifa ochildi

2018-03-23 | Jamiyat

Ichki ishlar organlari, xususan Davlat yong’in xavfsizligi xizmati uchun yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, el-yurtga sadoqatli, halollik bilan xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi institutining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda xorijiy turdosh ta’lim muassasalarida to’plangan ilg’or tajribalarni o’rganish, tahlil qilish va o’quv jarayoniga tadbiq etish muhim shartlardan biri sanaladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Yong’in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq Vazirlik Yong’in xavfsizligi institutida Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya va boshqa xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatish va rivojlantirish borasidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi bugungi kunga kelib o’z samarasini bermoqda.

Bu borada Rossiya Federatsiyasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Davlat yong’inga qarshi xizmati Akademiyasi (Moskva shahri) hamda Yong’inga qarshi mudofaa Rossiya ilmiy-tadqiqot instituti (Moskva viloyati) bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarilmoqda.

Buning samarasi o’laroq Institut boshlig’i general-mayor A.H.Qo’ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiya DYОQX Akademiyasida bo’lib o’tayotgan «Yong’in o’chirish: muammolar, texnologiyalar va innovatsiyalar» mavzusidagi VI xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqdalar.

20 mart kuni ilmiy-amaliy konferentsiyaning ochilishiga bag’ishlangan yalpi majlis bo’lib o’tdi. Unda Institut boshlig’i general-mayor A.H.Qo’ldoshev “Kadrlar tayyorlash – professionallik asosi” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, delegatsiyamiz vakillari konferentsiyada ishtirok etayotgan soha mutaxassislari bilan o’zaro fikr almashdilar hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash yo’nalishida yaratilgan fan-texnika yutuqlari ko’rgazmasida ishtirok etdilar.

Tashrifning keyingi kunlarida DYОQX Akademiyasi hamda Ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyati bilan tanishish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish hamda har ikki muassasa bilan o’zaro anglashuv memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi instituti delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

Поделиться