O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya – O‘zbekiston o‘rtasidagi yana bir istiqbolli kelishuv
2018-03-23 | Jamiyat
2018 yil 20 martda Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri “Sentr trudovыx resursov” avtonom markazi direktori A.Chistyakovni qabul qildi.
Qabulda, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyat filiali direktori A.Xafizov va Samarqand shahridagi Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarni ketishdan oldin tayyorlash va jo‘natish markazi direktori R.Guseyevlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, Samarqand shahridagi Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarni ketishdan oldin tayyorlash va jo‘natish markazi faoliyati va Markaz uchun ajratilishi nazarda tutilgan Samarqand shahar, X.A.Vali ko‘chasi, 21-A-uy manzilida joylashgan (sobiq Stomatologiya instituti) binosining joriy ta’mirlanishi muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirgan fuqarolar uchun 2 oylik bepul rus tilini o‘qitish kurslarini tashkil etish kelishildi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyat filialiga Samarqand shahar Kasb-hunarga o‘qitish markazi va Yengil sanoat kasb-hunar kollejida malakasini oshirish va qayta o‘qitish kurslarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.