O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘lom ovqatlanishga yangicha yondashuv ommalashmoqda

2018-03-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeev tomonidan 2017 yilning 19 dekabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlangan edi.

Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 1 feralidan Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.

Xususan, shu kungacha poytaxtimizning Sirg‘ali, Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi ayrim MTMda ketring usulida ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilganligi borasida xabar berilgan edi. Bugun bu estafetani Yakkasaroy tumanidagi № 250, 323, 335 va 358 maktabgacha ta’lim muassalari qabul qilishdi.

Mazkur bog‘chalarda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish maqsadida tumandagi №323 bog‘chada eksperement tashkil etilib, unga poytaxtimizdagi “Sog‘lom bola savdo”, “KMM SOFT BIZNES”, “MARVARID SOFT SAVDO”, “MAX ELITE GROUP” hamda “UNIQUE ASE” ma’suliyati cheklangan jamiyatlar vakillari taklif etildilar. Ushbu beshta korxonalar tomonidan menyuda belgilangan 1 va 2 taomlar tayyorlanib, mutaxassislardan tashkil topgan hay’at azolari va ota-onalarga taqdim etildi.

Mutaxassislar, ota-onalar va hay’at a’zolarining fikr va mulohazalari yakuni bilan ushbu eksperementda 1 o‘rinni “UNIQUE ASE” ikkinchi o‘rinni esa “MARVARID SOFT SAVDO” MCHJlar tamonidan tayyorlangan taomlar egalladi. Yakkasaroy tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ular bilan shu yerning o‘zida shartnoma imzolab, beshta bog‘cha oshxonasi eksperement g‘oliblari ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi.

Ma’lumot o‘rinda aytish lozimki, bugun poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Paxtaoy” nomidagi 244-MTM da ham xuddi shunday eksperement o‘tkazilib, unda ishtirok etgan 6ta korxona ichidan “KIDS LANCH” va “MARVARID” ma’suliyati cheklangan jamiyat vakillari g‘olib deb topildilar. Uchtepa tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi g‘olib MCHJlar bilan o‘zaro shartnomalar imzolab, unga ko‘ra joriy yilning 1 aprelidan Uchtepa tumanidagi №450 va 680 bog‘cha oshxonalari tadbirkorlar ixtiyoriga topshiriladi.

Guvohi bo‘lganingizdek, Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda shaffoflik ta’minlanib, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetakzib berish va narx siyosatiga rioya qilgan holda xarid tizimi ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Asosiy maqsad esa — bolalar uchun sifatli va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, bog‘cha xodimlarini birinchi navbatda bolalar tarbiyasi va ta’limi bilan shug‘ullanishlari uchun ularni tarmoq vazifalariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etishdan iboratdir. Bunday eskperementlar natijasi esa MTM oshxonalaridagi muammolarning o‘z-o‘zidan oldini olinishini ta’minlaydi.

Maqola bilan tanishgan har bir yurtdoshimizda bu tajriba qachon ommalashtiriladi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Javob tariqasida aytishimiz lozimki, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ekperement natijalari tahlil qilinib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

Demak, yaqin kelajakda bu tajribalar butun respublika bo‘yicha tashkil etiladi.

Поделиться