O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Navoiy” KMK ning Surxondaryodagi ikkinchi zamonaviy loyihasi

2018-03-23 | Iqtisodiyot

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qo‘ng‘irot mahallasida zamonaviy parrandachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan majmuaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla oqsoqollari va yoshlar ishtirok etdi. 

Bir yilda 10 million dona tuxum va 120 tonna parxezbop parranda go‘shti ishlab chiqarish quvvatiga ega majmuada 66 kishi ish bilan ta’minlandi. Ularning aksariyati yoshlardir. Majmua to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 105 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. 

Zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlangan majmuada bir yo‘la 36 ming jo‘ja va 30 ming tovuq parvarishlanadi. 

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida foydalanishga topshirilgan korxonani chiqitsiz texnologiya asosida ishlatish mo‘ljallanayotir. Shu maqsadda biogaz ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatildi. Bu yerda parranda go‘ngidan olingan biogazdan majmuaning o‘zida foydalaniladi. Undan ajralib chiqqan chiqindi tabiiy o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Tovuq paridan yumshoq yostiq tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Mazkur parrandachilik majmuasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Surxondaryo viloyatida barpo etilgan ikkinchi zamonaviy loyihadir. O‘tgan yili kombinat foydalanishga topshirgan Termiz mexanika zavodida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Uning ikkinchi bosqichini bunyod etishda qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA 
 

Поделиться