O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-sanoat Palatasi ilk marta elektron guvohnoma berish tizimini joriy etdi

2018-03-17 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tomonidan Palata a’zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etildi. 

2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tomonidan Palata a’zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etildi. 

Ushbu elektron guvohnomada Palata a’zosining yuridik nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, shuningdek, Palata a’zosining soliq to‘lovchining indetifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko‘rstatilgan. Bunday tizimni joriy etishdan maqsad Palata a’zolariga yanada qulaylik yaratish va elektron shaklda guvohnomalarni yuborish orqali ularning vaqtini tejashdan iborat. Shu bilan birga, guvohnomani qalbakilashtirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida guvohnomani tekshirishning 3 xil ko‘rinishi aks ettirilgan: 

QR-kod; 

Palataning rasmiy veb-saytiga havola; 

Palataning kol-sentr raqami (telefon orqali a’zolikni aniqlash maqsadida) 

Ushbu elektron tizimning afzalligi quyidagilardan iborat: 

Palata a’zolarinig vaqtini tejash, chekka hududlarda joylashgan korxona va kompaniya vakiliga (tadbirkorlik subyektlariga) guvohnomani topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish; 

Guvohnomani olish muddatini qisqartirish; 

Palata a’zolarining yuridik nomi, tashkiliy huquqiy shakli, Palataga a’zolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa ma’lumotlarni Palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyatini yaratish. 

Shu o‘rinda qayd etish lozim, guvohnomaning yangi elektron ko‘rinishi birinchi navbatda Palata a’zoligiga endigina ko‘shilgan tadbirkorlarga va a’zolik guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan Palata a’zolariga beriladi, so‘ngra bosqichma-bosqich barcha Palata a’zolari guvohnomalari elektron shaklga o‘zgartiriladi. 

Поделиться