O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Daryo.uz” internet nashri savoliga tiv javobi

2018-03-17 | Siyosat

Savol: Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilganidek, 26-mart kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” shaklda vazirlarning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Taklif etilgan mamlakatlar vakillarining uchrashuvda ishtiroki darajasi va tadbir kun tartibi to‘g‘risida aniqlik kirish mumkinmi?

Javob: 2018-yil 26-mart kuni Toshkent shahridagi uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, mazkur shaklni qo‘llab-quvvatlagan BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi (MOPDMM) va BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbarlari ishtirok etishlari kutilmoqda.

Vazirlar mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, ko‘p tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar aloqalar, mintaqaviy integratsiya jarayoni, transmilliy transport koridorlarini yaratish isiqbollarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra erishilgan kelishuvlar, jumladan turli darajalardagi davlatlararo aloqalar va keyingi uchrashuvning o‘tkazish sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladigan Qo‘shma bayonnoma qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Поделиться