O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbatga doir

2018-03-17 | Siyosat

2018-yilning 17-mart kuni muntazam siyosiy maslahatlashuvlar amaliyoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat qildi.

26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga doir masalalar suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Vazirlar tomonidan Toshkent forumiga tayyorgarlik jarayoni, mazmuniy qismi, uning yakuniy hujjati loyihasi va Afg‘oniston muammosini siyosiy hal qilish choralarini topish masalasi bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash lozimligi bo‘yicha umumiy fikr izhor etildi.

Поделиться