O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qidiruv bekor qilinmoqda
2018-03-17 | Jamiyat
O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, qidiruvda bo‘lgan shaxslarning amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 1992 yilda tug‘ilgan Surayyo Tuliboyevaga nisbatan 2012 yil 15 noyabr kuni qidiruv e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda Tojikiston Respublikasi Konibodom shahrida yashayotganligi aniqlanib, undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2012 yil 5 dekabr kuni chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2013 yil 10 avgust kunida qidiruv e’lon qilinib Bekobod shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1972 yilda tug‘ilgan, Vitaliy Sorokin ham xozirda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida yashayotganligi aniqlangan.
Undan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2013 yil 12 dekabr kuni chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan rozilik arizasi olingan.
Har ikki ayblanuvchilarga nisbatan amnistiya qarori tadbiq etilib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilingan.