O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida
2018-03-17 | Jamiyat
Ma'lumki, 2017 yil 14 sentyabrda 446-sonli O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan edi.
Ushbu qonunga binoan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", "Seleksiya yutuqlari to'g'risida" va "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi qonunlarga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan edi. Ushbu o'zgartirishlar Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy o'tgach amalga kiritilishi belgilab qo'yilgan edi. Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida o'tgan davr mobaynida Agentlik tomonidan intellektual mulk bilan bog'liq ayrim Qoidalarga ham o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi, hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olindi. Jumladan, "Foydali modelga O'zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari", "Seleksiya yutug'i patentining amal qilishini tiklash qoidalari", "Tovar belgisiga va xizmat ko'rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari", "O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyasiya kengashiga apellyasiyalar va arizalarni topshirish hamda ko'rib chiqish qoidalari" va boshqa normativ hujjatlar.
Yuqorida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlar respublikamiz ixtirochilari, tadbirkorlari va seleksionerlari uchun yanada qulaylik va keng imkoniyatlar yaratadi.
Eslatib o'tamiz qabul qilingan ushbu normalar 2018 yilning 18 martidan kuchga kiradi.