O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida: andijonlik sayyoxlarning Xorazmga tashrifi
2018-03-17 | Turizm
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistik tashkilotlar, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorlikda respublikamiz viloyatlaridan mahalliy sayyohlar uchun turlar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 8 mart kuni Andijon viloyatining Izbosgan tumani faollaridan iborat sayyoxlar guruhi Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. Sayyohat dasturi 1 kundan iborat bo‘lishiga qaramasdan mehmonlar Xiva shahri “Ichan-qal’a” muzey qo‘riqxonasidagi “Paxlavon Maxmud” ziyoratgoxi, “Ko‘hna Ark” majmuasi, Xiva xonlarining mashhur “Toshxovli” saroyi, “Kalta minor” minorasi, “Juma masjid” jome’ masjidi, “Allaqulixon”, “Muxammad Aminxon” madrasalari bilan yaqindan tanishdilar.